Tavsif
Men hozirda Flutter mobil dasturchi sifatida faoliyat yuritaman va bu sohani chin dildan yaxshi ko‘raman. Har doim yangiliklarga intilaman va ilovalar dizaynini moslashuvchan, zamonaviy va foydalanuvchiga qulay bo‘lishiga alohida e’tibor beraman. Dastur funksiyonalligini har tomonlama ko‘rib chiqishga, foydalanuvchi ehtiyojlariga mos holda takomillashtirishga harakat qilaman.
Dasturlashga bo‘lgan qiziqishim 2022-yilda boshlangan. Shu sohaga jiddiy kirib borish maqsadida 2023-yilda Toshkentda, bir yil davomida professional kursda o‘qidim va mobil ilovalar yaratishni o‘rgandim. 2024-yil yanvar oyidan boshlab o‘z viloyatim Farg‘onadagi findwork.uz kompaniyasida, mobil dasturchi sifatida ish boshladim. Hozirda shu yerda bilim va tajribamni yanada oshirib kelmoqdaman.
Faoliyatim davomida ko‘plab yangi texnologiyalar bilan tanishdim va ularga oid ko‘nikmalarni egalladim. Bu jarayon oson bo‘lmagan bo‘lsa-da, mashaqqatli mehnatlarim evaziga ancha katta natijalarga erishdim. Shu qatorda Java (Spring Boot) dasturlash tilini o‘rgandim va hozirda backend yo‘nalishida ham boshlang‘ich bilimlarga egaman. Shuningdek HTML va CSS texnalogiyalari haqida bilmagan dasturchining o'zi bo'lmasa kerak, bu texnalogiyalar bo'yicha ham yetarli darajada tushunchalarim bor :)
Umumiy ko‘nikmalar
-
Mobil ilovalar
iOS va Android tizimlari uchun ilovalarni professional ishlab chiqish.
-
Backend
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va ular ustida CRUD amallar qilish.
-
Frontend
Boshlang'ich bilimlar asosida veb sahifalar yaratish.
-
Telegram Bot
Python dasturlash tilida Telegram botlar yaratish va ularni boshqarish.